Oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yo’lida

Shahrimizda mahallabay, xonadonbay ishlash mexanizmi asosida ish olib borayotgan hokim yordamchilarining ko‘magi bilan mahallalardagi tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ko‘plab fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatib kelinyapti.

Xususan, “Chinobod” mahallasi hokim yordamchisi Abbos Samatov ko‘magida ushbu mahallada yashovchi oilaviy tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan Abdullaev Dostonga “Har bir oila tadbirkor” dasturi orqali issiqxona tashkil etish maqsadida 33,0 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Bugungi kunda ushbu tadbirkor faoliyatini kengaytirib, qo‘ychilik yo‘nalishida ham o‘z tadbirkorligini amalga oshirib kelmoqda.

Shuningdek, mahalla hokim yordamchisi tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi orqali ushbu mahalladagi ishsiz fuqarolarga ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarida yaqindan yordam berib kelinmoqda.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM