Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishda ustuvor vazifalar 

Shahrimizdagi 1-son oilaviy poliklinikasida o‘tkazilgan hududiy seminar ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxanova, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniev, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari va ularga biriktirilgan kuratorlar, trenerlar ishtirok etdi.
Seminarda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha ishlari tashkil etish yuzasidan  vazifalar belgilab olindi.

Kunning ikkinchi yarmida “Ermachit” MFYda mashg‘ulot-trening o‘tkazildi. Unda mahallada tashkil etilayotgan “Sog‘lom oila xonasi” hamda “Salomatlik maktabi” qanday bo‘lishi kerakligi haqida takliflar berildi.
Treningdan so‘ng seminar ishtirokchilari mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurishdi, aholi bilan birlamchi tizim bo‘yicha suhbatlar olib borildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM