Tadbirkorlarga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi

Bugun shahar soliq inspeksiyasi binosida soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi. Tadbirda, viloyat Soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i B.Saliyev, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari, bosh hisobchilari, tadbirkorlar va soliq inspeksiyasi xodimlari  ishtirok etishdi.

Seminarda ishtirokchilarga 2023 yil dekabr oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 885, 886 va 891-son Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 673-son Qarori, Prezidentimizning 2023 yil 29 dekabrdagi PQ-422-son Qarori va PF-221-son Farmonining mazmun- mohiyati hamda qonunchilikka kiritilgan yangiliklar yuzasidan ma’lumot berildi. Tadbir davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savol va takliflar bo‘yicha mas’ullar tomonidan batafsil javob va tushuntirishlar berildi. 

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM