Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi oʻtkazildi

Bugun  Kattaqo'rg'on shahar Kasb-hunarga o‘qitish Monomarkazida  kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi, IIB Probatsiya bo‘limi, Мudofaa  bo‘limi bilan hamkorlikda "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada 22 ta tashkilotlar 70 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 85 nafar fuqarolar jalb qilinib,  o‘zlariga maqbul bo‘lgan kasblar bo‘yicha korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi.
Bundan tashqari  ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan kasb-hunar boʻyicha Kattaqo‘rg‘on shahar Ishga marhamat Monomarkaziga o'qishga jalb qilindi.
Yarmarkada ishtirok etgan harbiy xizmatchilar oila a'zolari o'zlarini qiziqtirgan savollariga   javoblar va o'zlariga maqul bo'lgan ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar oldilar.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM