Harbiy qismda Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023 yil 14 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi" hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Kattaqo'rg'on shahar 12-MTT tarbiylanuvchilari bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida Ochiq eshiklar kuni tadbiri o'tkazildi.

O'quvchi yoshlarga harbiy qism tarix muzeyi, hamda harbiy qism kutubxonasi bilan yaqindan tanishtirilib, Vatanni madh etuvchi she'rlari tinglanib, sovg'alar ulashildi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM