АMIR TEMUR MAHALLASIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalarida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.  Xuddi shunday tadbir Amir Temur mahallasi aholisi ishtirokida 17-IDUMda ham tashkil qilindi.

Targ‘ibot tadbirida shahar 4-sektor rahbari, shahar Soliq inspeksiyasi boshlig'i Farrux G'aniev, shahar hokimining o‘rinbosari Jamshid Nosirov, SamDU o‘qituvchilari va imom xatib Xayrulla Do‘stmurodovlar so‘zga chiqib, yurtimizda ma'naviyat va ma'rifat sohasini rivojlantirish, bu borada Yurtboshimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                              

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM