“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” 

Kattaqo'rg'on shahar “Chinobod” mahallasi uchun Ixtisoslashgan maktabda bo‘lib o‘tgan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari Davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.  
Tadbirni shahar hokimining o‘rinbosari Jamshid Nosirov ochib berdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sherzod Urakov yurtimizda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, erishilayotgan yutuqlar xususida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi fikr va mulohazalari ham tadbir ishtirokchilariga to‘laqonli yetkazib berildi.Tadbir shahar Madaniyat bo‘limi san'atkorlari chiqishlari bilan davom etdi. 


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                   

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM