Bo‘lajak mutaxassis-kadrlar bilan uchrashuv

Bugungi kunda, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i X.Nazarov, Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali talabalari bilan  tashkil etilgan uchrashuv ham ayni maqsadlarni qamrab olgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Suhbat doirasida talabalarni amaliyotga tayyorlash bo‘yicha istiqbolli chora-tadbirlar ishlab chiqish rejalari kelishib olindi. Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish to‘g‘risida taklif va fikrlar tinglangandan so‘ng, X.Nazarov tomonidan Agentlik faoliyati bilan bog‘liq talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM