Viloyat prokuraturasi sayyor qabul o‘tkazdi 

Bugun Kattaqo'rg'on shahar “Qoriravot” mahallasida viloyat prokurori o’rinbosari Sirojiddin Fayziev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan huquqiy mazmundagi murojaatlar eshitildi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolardan 35 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlardan 20 tasi joyida hal etilib, qolganlari nazoratga olindi hamda tegishliligi bo‘yicha ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM