Yurish marafoni o‘tkazildi

Shu kunlarda yurtimiz singari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil qilingan “Vatanparvarlik oyligi” uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Xususan, bugun mazkur oylik munosabati bilan belgilangan tadbirlar doirasida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi, yoshlar ishlari agentligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi va boshqa tashkilotlar vakillari yoshlar, harbiylar, xotin-qizlar ishtirok etdilar.

"5000 qadam" yurish marafoni Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab shahar hokimligi oldiga qadar davom etdi. Marafon ishtirokchilari shahar markaziy archasi oldida musiqa sadolari ostida kutib olindi. Bugun shuningdek, "Vatanparvarlik oyligi" doirasida sport musobaqalari, harbiy orkestr jamoalarining hamda vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilarining chiqishlari, kitob yarmarkalari kabi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM