Aloqa va axborotlashtirish bo'yicha sayyor qabul o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy sho‘basi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy shubasi tomonidan bugun SamDU Kattaqo’rg’on filiali binosida fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida Kattaqo’rg’on shahar fuqarolari hamda SamDU Kattaqo’rg’on filiali o’qituvchi hamda talabalari telekommunikatsiya, aloqa va axborotlashtirish masalalari yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan soha rahbarlariga murojaat qilishdi. 

Kelib tushgan murojaatlarning aksariyat qismiga shu joyning o’zida tushuntirishlar berildi, qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, tegishli mas’ullarga yo’naltirildi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM