MAHALLALALRDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI

Bugun Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiev, viloyat boshqarmalari rahbarlari va Kattaqo‘rg‘on shahar 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan shaharning Amir Temur va “Yakkabog‘” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdilar.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr va gaz ta’minoti, ish bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa masalalarga oid 50 dan ortiq murojaatlar tinglandi. Ko‘plab murojaatlarga qabul jarayonida yechim topildi. Mablag‘ va vaqt talab qilgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM