ARZONLASHTIRILGAN YARMARKA TASHKIL ETILDI

Yangi yil bayrami arafasida shahrimiz “Dehqon bozori” hamda shahar markazidagi “Yashil bozor” hududida aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada kattaqoʻrgʻonliklar oʻzlari uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari xususan, meva-sabzavot, poliz, dukakli, goʻsht va sut mahsulotlari, tuxum, oʻsimlik yogʻi va boshqa bir qator zarur mahsulotlarni  arzonlashtirilgan narxda xarid qilishmoqda.

Shuningdek, shahrimizdagi dehqon bozorida narxlarning asossiz oshirilishi, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinishi ham shahar hokimligi va  tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy nazorat ostiga olingan.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM