MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasi 16-ko‘p qavatli uy oldida chiqindi konteyneri yo‘qligi bo‘yicha murojaat tarqalgan. 
Mazkur murojaat yuzasidan shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limi masullari joyiga borib mavjud muammo bo'yicha aholi bilan suhbatlashilgan. Shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi Kattaqo‘rg‘on shahar “Ikrom Nasrullaev” MChJ tomonidan ushbu hududga chiqindi konteynerlari o‘rnatilib, atrof chiqindilardan tozalangan va muammo bartaraf etilganligi ma’lum qilinmoqda.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM