“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida qabul oʻtkazildi

Bugun Kattaqoʻrgʻon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida nogironlik guruhlarini uzaytirish, reabilitatsiya hamda protez-ortopedik vositalarni olish mazmunidagi murojaatlar joyida oʻz yechimini topdi.
Qabuldan soʻng boshqarma boshligʻi Xurshid Nazarov shahardagi imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan 10-MTT va 5-son maxsus maktab internati faoliyati, yaratilgan sharoitlar, qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni ham koʻzdan kechirdi. 
Shuningdek, viloyat masʼullari imkoniyati cheklangan boʻlsada tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganlar faoliyatlari bilan tanishdilar hamda shahar tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlarni holidan xabar olishdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM