QAROR TADBIRKORLAR UCHUN QANDAY IMKONIYATLAR BERADI?

Joriy yilning 18 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ 366 sonli qarori qabul qilindi.

Bugun shahar hokimligida tadbirkorlar, aholi va bank mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-seminar  ushbu qarorning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Bu boradagi ishchi guruhi vakillari tomonidan qarorning 4 bandi ya’ni kichik biznesga ko‘maklashish markazlarining faoliyati yuzasidan seminar ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.

Ushbu markaz kichik tadbirkorlik sub’ektlarining biznes loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va ishga tushirish, sotuv bozorlarini kengaytirish, xususiy investitsiya sheriklarini jalb qilish, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va biznesni tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarda amaliy o‘quv-konsultatsiya kurslarini tashkil etadi hamda sertifikat berish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Seminar doirasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM