1 sektorda qabul o‘tkazildi

Bugun 1 sektordagi “Qo‘shhovuz” mahallasida sektor hududida yashovchi fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Sh.Kuchkarova, Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodiyevalar qatnashdi. 
Qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolardan tushgan ko‘chani asfalt qilish, tungi yoritgichlar o‘rnatish hamda kontrakt pulini to‘lash masalasidagi murojaatlar o‘rganildi. 
Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi va ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM