Soliq tushumlari holati muhokama qilindi

Bugun Kattaqo'rg'on shahar Soliq inspeksiyasi binosida shahar mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari, Majburiy ijro byurosi, banklar hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. 

Yigʻilishda soliq tushumi bo'yicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishi, tadbirkorlik subyektlari bilan hamda aholi oʻrtasida soliq toʻlovi madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Yigʻilish davomida shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar hokimining birinchi oʻrinbosari M.Toshpoʻlatov va shahar Soliq inspeksiyasi boshligʻi F.Gʻaniyevlar tomonidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.  

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM