G'ALABA MUBORAK!

Avval xabar  berganimizdek, hamshahrimiz Mamatova Sevara Armanistonda bo'lib o'tayotgan boks bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muvafaqiyatli ishtirok etib, o'z mahoratini namoyon qildi. 

Yaqinda Osiyo Chempioni bo'lgan Kattaqo'rg'on shahar sport maktabining o'quvchi sportchisi Mamatova Sevara Furqatjonovna 57 kg vazn toifasida Hindiston davlati vakilasini mag'lubiyatga uchratib, Jahon chempioni kamarini qo'lga kiritdi. 

Ushbu g'alaba bilan Jahon Chempioni -Mamatova Sevarani muborakbod etamiz hamda uni shu darajaga yetishishdagi hissasi uchun trener-o'qituvchisi Miliyev Toshkentbekga omad tilab qolamiz.  

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM