Mini futbol bo‘yicha “Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Shahrimizdagi sektorlar o‘rtasida Mini-futbol bo‘yicha “Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Aholi o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish shuningdek, Mini-futbolni yanada rivojlantirish, tashkilotlar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, mahoratini oshirish hamda professional mini-futbolchilarni tayyorlash va ishonchli sport zaxirasini shakllantirishga qaratilgan ushbu musobaqa qizg‘in tarzda o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra 1- o‘rin 2- sekor jamoasiga nasib etdi. Shuningdek, 3- sektor jamoasi 2- o‘rinni hamda 4-sektor jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM