VAZIFALAR BELGILANDI

Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishining kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  31 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish, “Og‘ir” toifadagi yoshlar va "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni muammolarini hal etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi.

Videoselektor tarzida o’tkazilgan ushbu yig‘ilishda shahar hokimi G.Alimova hamda mutasaddilar 1-sektordan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi ushbu masala bo‘yicha mas’ullarning izohini eshitdi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi.

Shuningdek, yig‘ilishda ko‘rilgan boshqa masalalar ya’ni, 10 oy yakuni bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari, safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi va bu borada mutasaddilarga tegishli vazifalar berildi.     

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM