Mahalla obodligi va xavfsizligi inson qadri ulug‘ligidir 

Bugun Kattaqo’rg’on shahrida “Jinoyatchilikka qarshi kurash”, “Mahalla xavfsizligi uchun hammamiz birgalikda mas’ulmiz” hamda “Obod va xavfsiz mahalla” mavzularida seminar o‘tkazildi.

Unda mahalla beshligi, jamoatchilik vakillari hamda Respublika prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi a’zolari ishtirok etdi. Seminar davomida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, mahallalarni obod va xavfsiz makonga aylantirish borasida  ma’ruzalar qilindi. 

Shuningdek, seminarda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuz berayotgan noxush holatlarga chek qo‘yish yuzasidan tavsiyalar, qo‘shma qaror bilan belgilangan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning  savollariga batafsil javoblar berildi.

Kattaqorg’on shahar  hokimligi axborot xizmati.                                              

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM