Hamshahrimiz “Yil ayoli” tanlovida “Eng jonkuyar ustoz” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi

Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Yil ayoli” milliy tanlovi joriy yilda ham ko‘plab faol xotin-qizlarni kashf qildi.

Zero, 2022 yildan buyon Oiy Majlis Senati tomonidan o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlovda 450 dan ortiq xotin-qizlar faol ishtirok etdilar. Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan tanlovning viloyat bosqichida 24 nafar xotin-qizlar, ya’ni, 11 ta nominatsiya bo‘yicha tuman-shahar bosqichi g‘oliblari bellashdilar.

Tanlovning viloyat bosichida hamshahrimiz, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchisi Mahliyo Djakbarova ham ishtirok etib “Eng jonkuyar ustoz” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM