Xalqaro bag‘rikenglik haftaligi

1995 yilda YUNESKO bosh konferensiyasining Bag‘rikenglik tamoyillari deklarasiyasi qabul qilingan. 1997 yildan buyon ushbu sana “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanadi. Kuni kecha shu munosabat bilan davom etayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida  tadbir o‘tkazildi.
Shahar 2 sonli-Bolalar musiqa va san’at maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova va O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyna” ijodiy uyushma raisi Isfandiyor Latipov ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar tinch va osuda kunlarimizni asrash, turli illatlarga qarshi faqat ma’rifat, yuksak ma’naviyat bilan kurashish, bunda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyat taraqqiyoti va insonlar hayotiga xavf soluvchi illatlarning zararli oqibatlari haqida tushuntirish, targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM