E’tirof

Yaqinda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti shahar bosqichi tanlovi o‘tkazilgan edi. Shahar 2 sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda qizlar o‘zlarini san’at, adabiyot, fan, ta’lim va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorlarini namoyon etdilar.

Kuni kecha shahar hokimligida o‘tkazilgan tadbirda tanlovning shahar bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan o‘quvchi qizlarga shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan diplom va tashakurnomalar topshirildi.

Shahar hokimi qizlarni viloyat va respublika bosqichlarida faol ishtirok etib davlat mukofotini albatta, qo‘lga kiritishlariga tilak bildirdi. 

Kattaqo‘rg‘on  shahar hokimligi axborot xizmati.                                          

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM