MA’NAVIYАT MARAFONI

Kuni kecha shahrimizdagi 11 -IDUM da “Ma’naviyat marafoni” tadbiri doirasida “Bir farzandga uch kitob” aksiyasi hamda “Kitob mening eng yaqin do‘stim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar  o‘tkazildi.
Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi. 
O‘quvchilarning ota-onalari aksiya davomida farzandlari uchun eng qiziq va ularni sevib mutolaa qiladigan kitoblarini sovg‘a qildilar. Maktab faollar zalida o‘tkazilgan ma’naviy -ma’rifiy tadbirda o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’r va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ham tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.
Shuningdek, shahar hokimi maktabdagi “Yashil makon” loyihasi doirasida tashkil etilgan daraxt o‘tqazishda ham ishtirok etdi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM