Hokimlik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

Bugun shahar hokimligida hokimlik xodimlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ko‘rik davomida xodimlar shahar Tibbiyot birlashmasi, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamda Oilaviy poliklinikaning malakali shifokorlari tomonidan tekshiruvlardan o‘tdilar.

Terapevt, endokrinolog, okulist, LOR, nevropotolog, kardiolog, xirurg hamda UTT, kardiogramma, EKG laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgan xodimlarga aniqlangan kasalliklar yuzasidan tibbiy maslahatlar berildi.

Bunday tekshiruvlarning tashkil qilinishi kasalliklarni erta aniqlash va ularni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM