Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Bugun  shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida hamda shahar Tibbiyot birlashmasida shahardagi ta’lim muassasalari va sog‘liqni  saqlash ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va uni betalofat o‘tkazish hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Dastlab, Davlatimiz Rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Beshkent shahridagi 12-maktabga kirib o‘tganligi to‘g‘risidagi videorolik yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar, ya’ni kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Bu borada tegishli vazifalar belgilab olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                         

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM