Hududlarda “Yashil makon” barpo etilmoqda

2023 yil 11 oktyabr kuni Prezidentimiz tomonidan turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini toʻliq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish ishlarini boshlash borasida bir qator topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Kattaqoʻrgʻon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahar Chinobod MFY hududidagi yer maydoniga loyiha doirasida 500 tupdan ortiq qayragʻoch daraxti koʻchatlari ekildi.

Shaharning barcha hududlarida “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirlari davom etmoqda.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM