300 tup koʻchat ekildi

Shahrimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan ketmoqda. Taʼlim sohasi xodimlari ham ushbu xayrli tadbirda faollar.

Bugun 14 umumtaʼlim maktabida ham ushbu tadbirlar doirasida 200 tup tut koʻchati hamda 100 tup mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Shuningdek, bugun ushbu maktabda boʻlgan Respublika ishchi guruhi vakillari kuz-qishga tayyorgarlik borasidagi ishlar bilan ham tanishdilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM