"Harbiy qism - jinoyatdan holi hudud!"

Kattaqo'rg'on garnizonidagi harbiy qism "Madaniyat markazi"da huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida "Harbiy qism - jinoyatdan holi hudud!" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand harbiy prokurori, Kattaqo'rg'on garnizoni boshlig'i, Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy avtomobil nazorati boshlig'i, Kattaqo'rg'on shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Mazkur profilaktik tadbir davomida harbiy xizmatchilarga harbiy intizomni mustahkamlash, turli ko'rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo'yicha batafsil maʼlumotlar berildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM