Siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi 

Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. O‘quv soatida avvalida yurtimizda va xorijda ro‘y bergan muhim voqealar sharhi bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng Davlat xizmatchilarida kommunikativ imidj masalalari, konstitutsiyaviy savodxonlik va mutolaa vaqti ruknlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, shahar hokimligi kasaba uyushmasi raisi J.Barakatov tashkilotlardagi kasaba uyushmalar faoliyati hamda 11 noyabr- O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida nishonlanishi haqida so‘z yuritdi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM