80 to‘pdan ortiq daraxtlar ekildi

Shu kunlarda shahrimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Xususan, bugun bo‘lim xodimlari tomonidan 80 tupdan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. 

-“Shahrimizni, qolaversa, ish joyimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz, albatta kelgusida ham bu kabi xayrli ishlarni yana davom ettiramiz”,- deydi bo‘lim xodimlari.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                         

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM