G’alaba muborak❗️

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘istonning Astana shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida bolib o’tayotgan Osiyo chempionati musobaqasida hamshahrimiz, Kattaqo'rg'on shahar sport maktabining o'quvchi sportchisi Mamatova Sevara Furqatjonovna boks bo’yicha muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Bugun ushbu musobaqaning 57 kg vazn toifasidagi final baxsida Sevara Mamatova Hindistonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, Chempionlikni kamarini qo'lga kiritdi. 

Endi Sevara Mamatova 20-21 noyabr kunlari Armanistonda o’tkaziladigan boks bo’yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun tayorgarlik ko'radi.

Osiyo Chempioni Mamatova Sevaraga Jahon chempionatida ham omad tilaymiz va uni shu darajaga yetishidagi hissasi uchun trener-o'qituvchisi Miliyev Toshkentbek Tolmasovichga minnatdorchilik bildiramiz. 

 Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM