KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA KUZ-QISHGA TAYYORGARLIK QAY HOLATDA?

Kattaqo‘rg‘on shahrida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahar hokimligida tashkil qilingan ishchi guruhi a’zolari kommunal xizmat korhonalarida bu boradigi ishlarni tashkil qilinishini o‘rgandilar. 

Jumladan, elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha 12 nafar mutaxassisdan iborat 3 ta ta’mirlash brigadalari tashkil etilib, ularga 2 ta maxsus texnika va 2 ta avtomashinalar shay holatga keltirilgan holda biriktirib berildi.

– avariyalarni qisqa muddatda bartaraf etishga 2 ta tarmoq transformatori, 0,5 tn transformator moyi, 30 dona temir-beton tayanchi, 150 kg sim, 200 metr kabel va 20 ta kabel muftalaridan iborat zaxira yaratildi.

Tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha 5 nafar mutaxassisdan iborat 1 ta ta’mirlash brigadalari tashkil etildi, ularga 1 ta maxsus texnika va 1 ta avtomashinalar shay holatga keltirilgan holda biriktirib berildi. 47 ta ijtimoiy soha ob’ektlariga tabiiy gaz barqaror yetkazib beriladi.

Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumida ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash borasida ijtimoiy soha muassasalariga 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha faqatgina Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3 ta umumta’lim maktablari jami 18,0 tonna ko‘mir yoqilg‘isi (2-maktab – 3,0 tonna, 12-maktab – 12,0 tonna va 20-maktab – 3,0 tonna) olinishi rejalashtirilgan bo‘lib amalda 18,0 tonna (100%) ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berildi.

Aholiga kuz-qish mavsumida isitish tizimi - ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan barcha xonadonlarga 360,0 tonna ko‘mir mahsuloti yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan 774 ta iste’molchiga 12,2 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun barcha zaruriy choralar amalga oshirilgan bo‘lib, iste’molchilarning suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib 611 dona maishiy gaz ballonlari tarqatilgan.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM