Sayyor qabul o'tkazildi 

Kattaqo‘rg‘on shahrida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Valiev hamda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Fayzullaev ishtirokida soliq va bojxona tizimi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Kattaqo'rg'on shahar hamda Paxtachi, Kattaqo'rg'on, Narpay tumanlari fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi. O‘tkazilgan qabulda fuqarolar yechimini kutayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu sayyor qabul davomida 30 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalarga mas’ullar belgilandi. Ayrim murojaat bo'yicha huquqiy tushuncha berildi. 

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM