Viloyat prokuraturasi mas’ullari sayyor qabul o‘tkazdi 

Bugun Kattaqo'rg'on shahar prokuraturasida viloyat prokuraturasi vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda viloyat prokurori o‘rinbosari S.Fayziev, shahar hokimi G.Alimova va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.

Qabul davomida Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Narpay, Nurobod tumanlarida yashovchi fuqarolarning murojaatlari eshitildi.

Qabulda fuqarolardan huquqiy mazmundagi 40 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ular nazoratga olindi hamda tegishliligi bo‘yicha ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topishiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM