“ONALAR BOG‘I” YARATILDI

Respublikmiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan ketmoqda. Ushbu xayrli ish Kattaqo‘rg‘on shahrida ham uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Tadbirga barcha soha vakillari, jumladan xotin-qizlar ham faolik bilan ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, bugun shahrimizdagi Istirohat bog‘ida shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan faol xotin-qizlar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, nuroniy onaxonlar, otinoyilar ishtirokida “Onalar bog‘i” yaratildi.

Xayrli tadbir onalarning duolari bilan boshlandi.

Azaldan xalqimizda oilada yangi tug‘ilgan fazandlarga, yangi barpo etilgan xonadonlarga daraxt ko‘chatlari o‘tqazishdek an’ana mavjudligi, bugungi kunda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu ezgu ish o‘zini yanada yaqqol namoyon etayotganini ta’kidlagan onaxonlar yaxshi niyat bilan yerga ko‘chat qadadilar.

Xotin-qizlar faollari, keksalar, shahrimizda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan faol xotin-qizlar tomonidan bugun “Onalar bog‘i”ga archa, yong‘oq, bodom va boshqa daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Tadbir ishtirokchilari kelgusida ushbu bog‘da qad rostlagan daraxtlar shahrimizga yanada ko‘rk bag‘ishlashini tiladilar.

Shahrimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM