Kuz saxovati

Haqiqatdan ham kuz fasli o‘zining saxovatliligi bilan fusunkorligini namoyish etadi. Shu boisdan dehqonlaru, fermerlar, barchasi o‘z mehnat mahsulini yig‘ishtirib olish va xalq dasturxoniga tortishga hozirlik ko‘radigan ushbu faslda hosil tadbirlarining bo‘lib o‘tishi tabiiy.
Shahrimizdagi 2-IDUM da o‘quvchi-yoshlar tomonidan tashkil qilingan “Kuz saxovati”deb nomlangan tadbirda yurtimizda yetishtiriladigan mevalar, poliz ekinlari va turli sabzavotlar ko‘rgazmasi ham tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha  kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, bolajonlar tomonidan meva va sabzavotlarning karving san’ati namunalarini mohirlik bilan tayyorlaganliklarini alohida e’tirof etish lozim.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarning kuz saxovatini aks etgan chiqishlari ham barchaga birdek zavq ulashdi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM