MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Qoʻshhovuz mahallasining Yoshlik koʻchasida yomgʻir suvi yigʻilganligi boʻyicha video murojaat tarqalgan.
Mazkur murojaat yuzasidan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi F.Qurbonovning maʼlum qilishicha, murojaat borib oʻrganilganda ushbu koʻchaning irrigatsiya tarmogʻi fuqarolarning old ariqlari koʻchadan koʻtarilib qurilganligi sababli suv koʻchaning yoʻl qismiga toʻplanib qolayotganligi, irrigatsiya tizimiga yoʻnaltirilgan kichik quvurga esa chiqindi tiqilib qolganligi aniqlangan. Quvur tozalanib yigʻilgan suv chiqarib yuborilgan. Mazkur koʻchaning choʻkkan qismiga shagʻal tosh toʻkib, muammoni bartaraf qilish chorasi koʻrilishi maʼlum qilinmoqda.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM