Milliy va zamonaviy cholg'u ijrochiligi tanlovi , shahar bosqichi

Kattaqo‘rg‘on shahar 1-sektor Navbahor MFY hududidagi 2-sonli Musiqa va san'at maktabida joriy yilning 18-oktabr kuni Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi'' tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. 

Tanlovda 10-15, 16-22 va 23-30 yosh toifasidagi yoshlar ishtirok etishdi. G‘olib bo‘lgan yoshlar viloyat bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi o’rinbosari Jamshid Nosirov shahar bosqichi g’oliblariga tashakkurnoma va sovg’alarni topshirdi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.                                

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM