Hokim oʻrinbosari oʻz mahallasidagi aholining muammolarini oʻrgandi

“Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish borasidagi topshiriqlardan kelib chiqib, shahar hokimi oʻrinbosari Jamshid Nosirov oʻz mahallasi, yaʼni Ochildimurod Miriy mahallasidagi aholi xonadonlarida boʻldi va mavjud muammolarni oʻrganish asnosida masʼullar bilan birgalikda ularni hal etish boʻyicha vazifalarni belgilab oldi.

Mahalladagi ijtimoiy koʻmakka muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 11 nafar oilaga “Temir daftar”, 77 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” hamda 23 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” orqali turli yordamlar koʻrsatilgan.
Shu kuni oʻrganishlar davomida aholi xonadonlarining  kuz-qishga tayyorgarligi va isitish tizimlarining ham holati oʻrganilib, pechlarning dudburonlarini tozalash ishlari olib borildi.

Mahalladagi oʻrganishlar davom etadi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM