Kattaqo’rg’on shahar Iqtisodiyot va moliya bo’limining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumi bo’yicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha 2023 yilning fevral-aprel oylarida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida Kattaqoʻrgʻon shahri boʻyicha fuqarolar tomonidan jami 142 ta loyihalar ilgari surilib, 86 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan.

Komissiya tomonidan saralab olingan 86 ta takliflarga ovoz berish natijalari boʻyicha 19 ta takliflar gʻolib deb topilgan. Qolgan 67 ta takliflarga mablagʻ yetarli boʻlmagan.

Har bitta gʻolib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob raqamlar ochilib, mablagʻlar toʻliq moliyalashtirib berilgan.

Gʻolib boʻlgan 19 ta loyihalardan hozirgi kunga qadar 14 tasida ishlar yakunlanib foydalanishga topshirilgan.

Jumladan:

Axborot kutubxona markaziga 1000 dona kitoblar qiymati 38 mln 400 ming soʻmlik;

 Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablariga bir jamlanmadan  monoblok (personal kompyuter va rangli printor) jihozlari qiymati 195 mln 182 ming soʻmlik;

3-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining oqova tizimini yangilash maqsadida qurilish mollarini sotib olishga qiymati 139 mln 431 ming soʻmlik

Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablariga 13 ming dona kitoblar harid qilish qiymati 216 mln 160 ming soʻmlik;

Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan koʻz kasalliklar boʻlimiga tibbiy apparaturalar va markaziy poliklinikaga flyurografiya apparati qiymati 1 mlrd 127 mln 699 ming soʻmlik;

3-sonli umumtaʼlim maktabi atrofini oʻrash qiymati 133 mln 509 ming soʻmlik;

10-sonli koʻp tarmoqli maxsus ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 5 kvtli qiymati 44 mln 849 ming soʻmlik ;

 17-sonli umumtaʼlim maktabi binosiga 10 kvtli qiymati 103 mln 990 ming soʻmlik ;

 6-son umumtaʼlim maktabiga 10 kvtli qiymati 104 mln 954 ming soʻmlik ;

 5-umumtaʼlim maktabiga 10 kvtli qiymati 104 mln 954 ming soʻmlik ; 

12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 10 kvtli qiymati 104 mln 440 ming soʻmlik ; 

8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 10 kvtli qiymati 103 mln 990 ming soʻmlik quyosh panellari toʻliq keltirib oʻrnatilgan.

Ingichka qoʻrgʻoni “Nurobod ” MFY Kattasoy koʻchasi asfaltlashtirildi, qiymati 1 mlrd 80 mln 967 ming soʻmlik.

Balandchordara MFY Anxor koʻchasi asfaltlashtirildi, qiymati 256 mln 372 ming soʻmlik.

Bundan tashqari buyurtmachi boʻlgan yagona buyurtmachi xizmati davlat unitar korxonasi  tomonidan 4 ta loyihalarda qurilish ishlari davom etmoqda.

Jumladan:

Ingichka qoʻrgʻoni Nurobod MFY Kattasoy koʻchasida 27x48 oʻlchamli mini futbol maydoni barpo etish qiymati 350.0 mln soʻmlik.

16-son umumtaʼlim maktabi atrofini oʻrash qiymati 250.0 mln soʻmlik,

 4-son umumtaʼlim maktabi eski kutubxona binosini taʼmirlash qiymati 270.0 mln soʻmlik,

6-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini joriy taʼmirlash qiymati 170.0 mln soʻmlik

 6-son maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalar ayvonchalarini taʼmirlash uchun 80.0 mln soʻmlik loyixa Buyurtmachi Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan ish bajaruvchini aniqlash boʻyicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilgan .

Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoning 2-mavsumida Kattaqoʻrgʻon shahri boʻyicha fuqarolar tomonidan jami 156 ta loyihalar ilgari surilib, 138 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olindi.

Ovoz berish yakunlariga koʻra 9 ta takliflar gʻolib deb topildi.

Jumladan:

1. Nurobod MFY hududidagi 1000 metr masofadagi ichki yoʻlni tamirlash uchun 2008 ta ovoz bilan 800.0 mln soʻmlik:

2. Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikani raqamli tizimga oʻtkazish uchun 50 dona kompyuter xarid qilish uchun 1986 ta ovoz bilan 350.0 mln soʻmlik:

3. Ingichka qoʻrgʻonidagi “Kattasoy” koʻchasini ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqava tizimi bilan taʼminlash uchun 1858 ta ovoz bilan 1320.0 mln soʻmlik:

4. Shahardagi 11-sonli umumtaʼlim maktabining yordamchi binosini taʼmirlash uchun 1553 ta ovoz bilan 170.0 mln  soʻmlik:

5. Shahardagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi sinfxonalari eshik, deraza romlari va pol usti linoleum qatlamini almashtirish uchun 1113 ta ovoz bilan 500.0 mln soʻmlik;

6. Shahardagi 8-maktabga oshxona hamda faollar zali qurish uchun 1091 ta ovoz bilan 750.0 mln soʻmlik:

7. Shahardagi 16-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi binosi issiqlik tizimini yangilash uchun 1031 taovoz bilan 350.0 mln soʻmlik:

8. Ingichka qoʻrgʻonidagi A.Qahhor koʻchasining koʻp qavatli uylari oldida Varkout maydonchasi qurish uchun 814 ta ovoz bilan 260.0 mln soʻmlik:

9. Ingichka shaharchasidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabi qoʻshimcha binosining issiqlik tizimini taʼmirlash uchun 569 ta ovoz bilan 240.0 mln soʻmlik loyihalar gʻolib deb topildi.

Natijada, jami 9 loyihaning umumiy qiymati 4 740.0 mln soʻmni tashkil etdi.

F.Sadriddinov,

Kattaqo'rg'on shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM