Hokim yordamchilari bilan seminar oʻtkazildi 

Kuni kecha Kattaqoʻrgʻon shahar 1 sektor hududidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi. Seminarda shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Muhammadali Toshpoʻlatov ishtirok etdi. 

Mazkur seminar davomida sektordagi  mahallalarda faoliyat koʻrsatayotgan hokim yordamchilari faoliyatining ish samaradorligini oshirish hamda ular tomonidan hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi tahlil qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM