Hurmatli hamshaharlar!

Kattaqo'rg'on shahar aholisining iste’mol qilingan ichimlik suvidan qarzdorligi oshib ketishi o‘z o‘rnida ichimlik suvini yetkazib berish bilan bog‘liq zaruriy vazifalarni amalga oshirishda salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Hozirgi kunda shahrimiz mahallalarida fuqarolarning ichimlik suvidan yig'ilib qolgan debetor qarzdorliklarni undirish bo'yicha reyd tadbirlari o’tkazilib, to'lovlarni o'z vaqtida to'lamagan xonadonlar ichimlik suvi tarmog'idan uzib qo'yilmoqda.

Shu o‘rinda ichimlik suvi iste’moli bo’yicha to‘lovlarni ta’minot korxonasiga tashrif buyurgan holda bank kassasiga, shahrimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet va x.k ) hamda banklarning mobil ilovalari orqali amalga oshirishingizni hamda qarzdorliklarni so’ndirishingizni so’raymiz.

“Samarqand suv ta'minoti" MCHJ Kattaqo’rg’on shahar filiali.       

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM