FAXRIYLAR HARBIY QISMDA BO'LISHDI

Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy qismida oktabr oyining birinchi haftasi "Keksalar haftaligi" doirasida shahar Nuroniylar kengashi bilan hamkorlikda Kattaqo'rg'on shahrida istiqomat qilayotgan nafaqadagi harbiylar hamda shahar nuroniylari harbiy qismda bo'lishdi. Ushbu tashrif mobaynida faxriylar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Tashrif davomida harbiy qism tibbiyot punktida nuroniylarga harbiy qism psixologi tomonidan psixologik maslahat hamda shahar tibbiyot birlashmasining malakali tibbiy hodimlari tomonidan faxriylar tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilar bilan "Keksalarga hurmat-yoshlarga ibrat" mavzusida davra suhbati o’tkazidi, so’ngra harbiy qism oshxonasida faxriylar uchun tushlik dasturxoni tashkillashtirildi.

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM