Eʼtirof

1 OKTABR - O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI

Kuni kecha Samarqand viloyat musiqali drama teatrida 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq taqdirlangan o‘qituvchilarga mukofotlar topshirildi.      

Xususan, ushbu tadbirda shahrimizning taʼlim sohasi xodimlari vakillari ham munosib taqdirlanishdi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM