Mahallalarda bayram tadbirlari davom etmoqda

Image_tadbir: 

Shu kunlarda shahrimiz bo‘ylab, Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonlari bayram tadbirlari davom etmoqda. Ayniqsa, mahallalarda bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida aholi faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, “Go‘zalkent” va "Yakkabog'"mahallalaridagi mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar ishtirokidagi dasturxon atrofida tashkil qilingan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodievalar tadbir ishtirokchilarini muborakbod etdilar.                              

Shu kuni mahallardagi "Eng namunali ko‘cha", "Eng namunali oila" va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga tashakkurnomalar berildi. Mahalla nuroniylari bugun shahrimizda, mahallalarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlari uchun shukrona keltirdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM