«20 MING TADBIRKOR - 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS» DASTURI DOIRASIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

Bugun Kattaqorg’on shahar Soliq inspeksiyasi binosida shahar hokimi o’rinbosari M.Toshpo’latov, Samarqand viloyati G’aznachilik boshqarmasi boshlig’I O.Hamdamov, AITB “Ipak Yo’li” Umar MF rahbar o’rinbosari X.Sirojqulov, shahar Soliq inspeksiyasi boshlig’I F.G’aniyev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari J.Axmedov hamda shaharda faoliyat yuritayotgan salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. 

Seminarda "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis" dasturi doirasida aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratilishi va ularga moliyaviy rag‘batlar taqdim etilishi, kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlasa soliq imtiyoziga ega bo‘lishlari haqida mas’ullar tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM