Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi holat o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari uchun to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishning tashkil qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan sohada autsorsing tizimining yo‘lga qo‘yilgani bu boradagi ishlarni tizimli tarzda olib borilishini ta’minlanmoqda.
Bugun shahrimizda bu borada amalga oshrilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruhi a’zolari shahrimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

2, 3 hamda 24-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing xizmatning qay darajada ekanligi, tarbilanuvchilarning ovqatlanishi, sanitariya-gigiyena holatlari bilan tanishgan mas’ullar tomonidan tegishli tavsiyalar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy topshiriqlar berildi.
Ishchi guruhiniig o‘rganishlari davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.   

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM